Landing page

Landing page yaratish — reklamadan ariza keltiradigan bitta sahifa

Bir sahifali sayt eng tez ishga tushadigan sotuv vositasi. Biz uni reklama trafigi ostiga quramiz: mobil ekran uchun chizamiz, ariza Telegram'ga tushadi, tezlik va analitika sozlangan holda topshiriladi. Odatiy muddat — 5–10 ish kuni.

  • +5–10 kunda ishga tushirish
  • +PageSpeed mobilda 85+
  • +Ariza to'g'ridan-to'g'ri Telegram'ga
  • +6 oy texnik qo'llab-quvvatlash
Landing page yaratish jarayoni — mobil va desktop maketlari ekranda
Har bir landing page avval telefon ekrani uchun chiziladi, keyin kompyuterga kengaytiriladi.

Landing page nima va u qachon kerak bo'ladi?

Landing page — foydalanuvchini bitta harakatga olib boradigan bir sahifali sayt. Menyu bo'ylab kezish shart emas: sahifani yuqoridan pastga aylantirasiz va kim taklif qilayotganini, nima taklif qilinayotganini, narxi qancha ekanini hamda keyin nima qilish kerakligini bilib olasiz. Aynan shu soddalik tufayli bir sahifali sayt reklama trafigini arizaga aylantirishda ko'p sahifali saytdan samaraliroq ishlaydi.

Innobek landing page'ni dizayn mashqi sifatida emas, sotuv vositasi sifatida quradi. Avval kimga sotayotganingizni va mijoz qanday e'tiroz bilan keladigan ini aniqlaymiz. Keyin bloklar ketma-ketligini shunga qarab tuzamiz: sarlavha, foyda, isbot, narx, savol-javob va ariza shakli. Har bir blok bitta vazifani bajaradi — chalg'ituvchi bezak qo'shmaymiz.

Bu xizmat hammaga ham kerak emas. Agar sizda o'nlab xizmat yo'nalishi, muntazam yangilanadigan katalog yoki yangiliklar bo'limi bo'lsa, bitta sahifa tor keladi — bunday holda korporativ sayt yoki internet-do'kon to'g'riroq tanlov bo'ladi. Konsultatsiyada buni ochiq aytamiz va kerak bo'lmagan tarifni sotmaymiz.

Amaliyotda landing page ikki xil vazifani bajaradi. Birinchisi — Google Ads, Instagram yoki Telegram reklamasi ostidagi qo'nish sahifasi. Ikkinchisi — kichik biznesning asosiy sayti, ya'ni internetdagi rasmiy yuzi. Ikkala holatda ham texnik asos bir xil: tez yuklanish, mobil moslashuv, to'g'ri meta teglar va ishlaydigan ariza shakli.

Muhim bir narsani oldindan aytamiz: sahifaning o'zi mijoz olib kelmaydi. U trafikni arizaga aylantiradigan vosita, xolos. Odam kelishi uchun reklama, SEO yoki ijtimoiy tarmoq kerak. Shuning uchun biz sahifani topshirishdan oldin Google Analytics va konversiya maqsadlarini sozlaymiz — birinchi kundanoq qaysi kanal ishlayotgani ko'rinib tursin.

Nimalar kiradi

Har bir tarifda standart tarzda bor

Bular alohida to'lanadigan qo'shimcha emas — hatto eng arzon tarifda ham kiradi.

  • +Bepul konsultatsiya va texnik topshiriq tuzish
  • +Domen ro'yxatdan o'tkazishda yordam va DNS sozlash
  • +Bepul SSL sertifikati va HTTPS ulanish
  • +Mobil, planshet va kompyuterda tekshirilgan moslashuv
  • +Ariza shakli hamda Telegram'ga xabar yuborish
  • +Rasm siqish, kesh va tezlik optimizatsiyasi
  • +Meta teglar, sitemap.xml, robots.txt va Open Graph
  • +Google Analytics va Search Console'ga ulash
  • +Saytni boshqarish bo'yicha qisqa video-qo'llanma
  • +Topshirgandan keyin 6 oy texnik qo'llab-quvvatlash

Afzalliklari

Nega bitta sahifa ko'pincha katta saytdan yaxshi ishlaydi

Landing page kuchini hajmdan emas, fokusdan oladi. Quyida buning amaliy natijalari.

Byudjet oldindan aniq

Sahifa bitta bo'lgani uchun dizayn va dasturlash hajmi kichik. Narx korporativ saytnikidan ikki-uch barobar past, smeta esa boshida to'liq kelishiladi — yo'l-yo'lakay qo'shimcha to'lov chiqmaydi.

Tez ishga tushadi

Oddiy variant 5–7 ish kunida, individual dizayn va animatsiya bilan 10–15 kunda topshiriladi. Reklama kampaniyasini bir-ikki oy kutib o'tirmaysiz.

Konversiya yuqoriroq

Foydalanuvchi oldida bitta yo'l bor: ariza qoldirish yoki qo'ng'iroq qilish. Diqqatni bo'ladigan menyu va ichki havolalar yo'q, shuning uchun bir xil trafikdan ko'proq murojaat olinadi.

Mobil birinchi o'rinda

O'zbekistonda tashriflarning katta qismi telefondan keladi. Maket avval telefon ekrani uchun chiziladi, keyin kompyuterga kengaytiriladi — teskarisiga emas. Shakl va tugmalar barmoq uchun qulay o'lchamda bo'ladi.

Reklama uchun tayyor

Google Analytics, Meta Pixel va konversiya maqsadlari o'rnatiladi. Tezlik optimizatsiyasi bosish narxini tushiradi, UTM belgilash esa qaysi kanal ariza berayotganini ko'rsatadi.

Keyin kengaytirsa bo'ladi

Biznes o'sganda landing page'ni korporativ saytga yoki internet-do'konga aylantiramiz. Dizayn tizimi va kod qayta ishlatiladi, shuning uchun kengaytirish noldan qurishdan arzonroq tushadi.

Natija o'lchanadi

Sahifa tayyor bo'lgach, nechta tashrif nechta arizaga aylanayotganini ko'rasiz. Konversiya past bo'lsa, sabab aniq bo'ladi: sarlavha, narx yoki shakl. Taxmin qilib emas, raqamga qarab tuzatish kiritamiz.

Kod va materiallar sizniki

Topshirishda domen, hosting kirish ma'lumotlari, Figma maketi va kod arxivi sizga beriladi. Bizga bog'lanib qolmaysiz — xohlasangiz saytni boshqa jamoa ham davom ettira oladi.

Mountain and Sea kompaniyasi uchun bir sahifali sotuvchi sayt namunasi
Mountain and Sea — bitta taklif atrofida qurilgan bir sahifali sayt.

Kimga mos

Landing page qaysi holatlarda eng foydali

Quyidagi vaziyatlarda bir sahifali sayt eng tejamkor va tez natija beradigan yechim.

Bitta xizmat yoki mahsulot sotuvchilar

Stomatologiya, klinika, ta'mirlash, yuridik xizmat, jihoz sotuvi. Taklif aniq bo'lsa, bitta sahifa hammasini aytishga yetadi.

Reklamaga byudjet ajratganlar

Google Ads yoki Instagram'ga pul sarflayotgan bo'lsangiz, trafikni Instagram profiliga emas, sotuvchi sahifaga yo'naltirish arzonga tushadi.

Kurs va tadbir tashkilotchilari

Dastur, spikerlar, narx va ro'yxatdan o'tish shakli bitta sahifada. Arizalar Telegram guruhiga tushadi, jadval qo'lda yuritilmaydi.

Yangi boshlangan biznes

Byudjet cheklangan bo'lsa, avval landing page bilan chiqing va talabni sinang. Natija ko'ringach, kengroq saytga o'tasiz.

Aksiya va yangi mahsulot chiqishi

Har bir kampaniya uchun alohida sahifa ochiladi va natijasi alohida o'lchanadi. Asosiy saytga tegilmaydi.

Tender va hamkorlik uchun

Rasmiy saytning yo'qligi jiddiy shartnomalarda to'siq bo'ladi. Bir sahifali sayt bu masalani bir hafta ichida yopadi.

Qurilish va ko'chmas mulk obyektlari

Har bir turar-joy majmuasi yoki obyekt uchun alohida sahifa ochiladi: joylashuv, planirovka, narx va bron shakli bitta joyda turadi.

Xorijiy mijozga chiqayotganlar

Ingliz yoki rus tilidagi alohida versiya eksport va autsorsing xizmatlari uchun ishlaydi. Matn tarjima emas, o'sha bozor uchun qaytadan yoziladi.

Narxlar

Landing page narxi — uch tarif

Narxlar oshkora. Har bir tarifga domen sozlash, joylashtirish va qo'llab-quvvatlash kiradi.

Start

Byudjetli bir sahifali sayt

4 000 000

so'mdan

5–7 ish kuni

  • +Tayyor asosda moslashtirilgan dizayn
  • +6–8 ta kontent bloki
  • +Barcha qurilmalarga moslashuv
  • +Ariza shakli va Telegram'ga xabar
  • +Bazaviy texnik SEO
  • +Google Analytics ulash
  • +Domen va hosting sozlash
  • +6 oy qo'llab-quvvatlash

Yangi biznes va bitta xizmatni sotish uchun

Premium

Nostandart yechim

18 000 000

so'mdan

3–6 hafta

  • +Interaktiv sahnalar, video-fon va 3D elementlar
  • +Kalkulyator, konfigurator yoki bron moduli
  • +Onlayn to'lov: Payme, Click, Uzum
  • +amoCRM, Bitrix24 yoki 1C bilan integratsiya
  • +A/B testlash va konversiya optimizatsiyasi
  • +Yuklama uchun infratuzilma va monitoring
  • +Shaxsiy loyiha menejeri
  • +12 oy qo'llab-quvvatlash

Kalkulyator, bron qilish yoki murakkab integratsiya kerak bo'lganda

Yakuniy hisob-kitob bepul konsultatsiyadan keyin, bloklar soni va funksionalga qarab tasdiqlanadi. To'lov ikki bosqichda: 50% boshida, 50% topshirishda. Domen va hosting to'lovi provayderga alohida to'lanadi — yiliga taxminan 400 000 – 1 200 000 so'm.

Jarayon

Landing page qanday yaratiladi

Olti bosqich. Har bosqich oxirida natijani ko'rasiz va tasdiqlaysiz — keyingi bosqich shundan keyin boshlanadi.

  1. 01

    Konsultatsiya va brif

    Biznesingiz, mijoz portreti va raqobatchilarni muhokama qilamiz. Qaysi tarif yetarli ekanini aytamiz. Shu bosqichda aniq narx va muddat belgilanadi.

    1 kun
  2. 02

    Tuzilma va matn

    Bloklar ketma-ketligini tuzamiz va har bir blok uchun matn yozamiz. Sarlavhalar mijozning e'tirozini yopadigan qilib tanlanadi. Siz tasdiqlaysiz.

    1–2 kun
  3. 03

    Dizayn

    Figma'da mobil va desktop maketi chiziladi. Rang, shrift va uslub brendingizga moslashtiriladi. Kelishilgan doirada tuzatishlar bepul kiritiladi.

    2–5 kun
  4. 04

    Dasturlash va sinov

    Sayt React asosida quriladi, tezlik va SEO optimallashtiriladi. Shakllar, brauzerlar va turli ekran o'lchamlari qo'lda sinovdan o'tkaziladi.

    3–7 kun
  5. 05

    Ishga tushirish

    Domen ulanadi, analitika va konversiyalar sozlanadi, sayt Google'ga yuboriladi. Sizga qo'llanma topshiriladi va qo'llab-quvvatlash muddati boshlanadi.

    1 kun
  6. 06

    Kuzatuv va tuzatish

    Birinchi haftalarda arizalar statistikasiga qaraymiz. Kerak bo'lsa sarlavha, tugma joylashuvi yoki shakl maydonlarini o'zgartiramiz — bu qo'llab-quvvatlash doirasiga kiradi.

    6 oy
Avantika Medex klinikasi uchun landing page: xizmatlar va ariza shakli
Avantika Medex — klinika uchun ariza yig'adigan qo'nish sahifasi.

Namunalar

So'nggi ishlarimizdan

Har bir loyiha noldan chizilgan: tuzilma, dizayn, matn va texnik qismi bizniki.

Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Landing page yaratish bo'yicha eng ko'p so'raladigan savollarga aniq javoblar.

Narx 4 000 000 so'mdan boshlanadi. Bu tayyor asosda moslashtirilgan, mobilga to'liq mos va indekslanishga tayyor sahifa. Individual dizayn, animatsiya va admin panel bilan to'liq variant 9 000 000 so'mdan. Kalkulyator, to'lov tizimi yoki CRM integratsiyasi kerak bo'lsa, narx 18 000 000 so'mdan boshlanadi va loyiha hajmiga qarab aniqlanadi.
Start tarifi odatda 5–7 ish kunida topshiriladi, Business tarifi 10–15 ish kunini oladi. Premium yechimlar uchun 3–6 hafta kerak. Muddat sizdan matn, logotip va rasm qanchalik tez kelishiga bog'liq. Kontent tayyor bo'lsa, jarayon bir-ikki kunga qisqaradi. Muddat shartnomada qayd etiladi va kechikish ehtimoli bo'lsa, oldindan xabar beramiz.
Amalda ha. Landing page atamasi ko'proq reklama trafigi tushadigan qo'nish sahifasiga nisbatan ishlatiladi, bir sahifali sayt esa kompaniyaning asosiy sayti vazifasini bajaradigan formatga nisbatan. Tuzilishi bir xil — farq maqsadda. Biz ikkala vazifani ham bajaradigan qilib quramiz. Ya'ni sahifa reklamada ham, qidiruvda ham ishlaydi.
Business va Premium tariflarda admin panel beriladi: matn, rasm, narx va bloklarni dasturchisiz o'zgartirasiz. Start tarifida adminka yo'q, lekin olti oylik qo'llab-quvvatlash davomida kichik o'zgartirishlarni biz bepul kiritamiz. Adminkani keyinroq ham qo'shish mumkin. Uning narxi sahifa tuzilmasiga bog'liq va odatda 3 000 000 so'mdan boshlanadi.
Sayt indekslanishga tayyor holda topshiriladi: to'g'ri meta teglar, semantik sarlavhalar, sitemap.xml, robots.txt va Schema.org belgilash o'rnatiladi. Ammo bitta sahifa cheklangan miqdordagi so'rov bo'yicha chiqadi. Raqobatli so'rovlar uchun doimiy SEO ishi va kontent kerak — buni alohida xizmat sifatida qilamiz. Odatda birinchi sezilarli natijalar uch-olti oydan keyin ko'rinadi.
Sozlash ishlari narxga kiradi: domenni ro'yxatdan o'tkazishda yordam beramiz, DNS'ni ulaymiz, SSL o'rnatamiz. Domen va hosting to'lovi esa provayderga to'g'ridan-to'g'ri to'lanadi — yiliga taxminan 400 000 – 1 200 000 so'm. Qaysi variant sizga tejamkor ekanini aytamiz. Domen sizning nomingizga rasmiylashtiriladi, biz uni o'zimizda saqlamaymiz.
Byudjetli tarifda sifatdan emas, hajmdan yon bosamiz. Dizayn tayyor asosda moslashtiriladi va bloklar soni cheklanadi. Texnik asos esa barcha tarifda bir xil: kod sifati, yuklanish tezligi, mobil moslashuv, xavfsizlik va bazaviy SEO. Shuning uchun arzon sahifa ham reklamada normal ishlaydi.
Standart holatda ariza Telegram bot orqali sizga yoki xodimlaringiz guruhiga yuboriladi — bu eng tez va eng ishonchli kanal. Qo'shimcha ravishda elektron pochtaga va Google Sheets jadvaliga yozib borish mumkin. Business tarifidan boshlab amoCRM yoki Bitrix24 bilan bog'lash ham kiradi.
Ha. Loyihalarning katta qismi masofadan olib boriladi: muloqot Telegram va onlayn uchrashuvlar orqali, hujjatlar elektron shaklda rasmiylashtiriladi. O'zbekistonning istalgan viloyatidan hamda chet eldan buyurtma qabul qilamiz. Bog'lanish uchun: +998 90 954 12 62. Shartnoma va hisob-faktura O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha rasmiylashtiriladi. Toshkentda ofisda uchrashish ham mumkin.
Business va Premium tariflarda matn narxga kiradi: biz sizdan brif olamiz, raqobatchilarni ko'rib chiqamiz va sotuvga yo'naltirilgan matn yozamiz. Start tarifida matnni siz berasiz, biz esa uni tahrirlaymiz va sarlavhalarni qayta ishlaymiz. Rasm va logotip har doim sizdan kerak bo'ladi.
Topshirishdan keyin olti oy davomida texnik xatolar bepul tuzatiladi: ishlamay qolgan shakl, buzilgan moslashuv, yuklanmayotgan sahifa. Bu muddatga kichik matn va rasm o'zgartirishlari ham kiradi. Yangi blok qo'shish yoki dizaynni qayta chizish alohida ish sifatida hisoblanadi. Bunday ishlarning narxini boshlashdan oldin aytamiz va tasdiqingizni olamiz.
Agar sizda o'nlab xizmat yo'nalishi bo'lsa, katalog muntazam yangilansa yoki blog yuritmoqchi bo'lsangiz, bitta sahifa yetmaydi. Bunday holda korporativ sayt yoki internet-do'kon kerak. Shuningdek, foydalanuvchi ro'yxatdan o'tadigan va shaxsiy kabinetda ishlaydigan mahsulot uchun ham landing page emas, veb-ilova to'g'ri yechim bo'ladi.

Landing page buyurtma qilasizmi?

Bepul konsultatsiyada taklifingizni muhokama qilamiz, qaysi tarif yetarli ekanini aytamiz va aniq narx bilan muddatni belgilaymiz. Majburiyat yo'q. Telefon: +998 90 954 12 62.

Ism va raqamingizni qoldiring — ish vaqtida tez orada bog'lanamiz. Yoki hoziroq qo'ng'iroq qiling: +998 90 954 12 62