Xarita paketiga chiqish
Mahalliy so'rovlarda Google avval uchta biznesni ko'rsatadi. Shu uchlikda bo'lish oddiy natijalardagi birinchi o'rindan ham qimmatliroq.
Google Business / Mahalliy SEO
Odam «yaqin atrofda stomatologiya» deb qidirsa, Google unga avval xarita va uchta biznes ko'rsatadi. Aynan shu uchtaga kim tushsa, qo'ng'iroqni o'sha oladi. Biz profilingizni shu uchlikka olib chiqish uchun ishlaymiz.

Google Business profili — kompaniyangizning Google qidiruvi va Google Maps'dagi bepul kartochkasi. Unda manzil, ish vaqti, telefon, foto, xizmatlar ro'yxati va mijoz sharhlari bo'ladi. Odam sizni nomingiz bilan qidirsa yoki «yaqin atrofda» tipidagi so'rov yozsa, aynan shu kartochka ko'rinadi.
Mahalliy so'rovlarda Google odatiy natijalardan oldin xarita bloki — «map pack» deb ataladigan uchlikni ko'rsatadi. Statistikaga ko'ra mahalliy qidiruvdagi bosishlarning katta qismi aynan shu uch joyga tushadi. To'rtinchi bo'lish deyarli beshinchi bo'lish bilan bir xil natija beradi, chunki qolganini ko'rish uchun foydalanuvchi qo'shimcha tugmani bosishi kerak.
Google bu uchlikni uchta omilga qarab tanlaydi. Birinchisi — moslik: profil ma'lumotlari so'rovga qanchalik mos. Ikkinchisi — masofa: qidirayotgan odamga qanchalik yaqinsiz. Uchinchisi — nufuz: sharhlar soni va bahosi, saytdagi eslatmalar, kataloglardagi yozuvlar. Masofani o'zgartira olmaysiz, qolgan ikkitasi esa to'liq sizning ishingiz.
O'zbekistonda bu yo'nalish hali to'liq ishlatilmayapti. Ko'p biznesning profili yo umuman yo'q, yo tasdiqlanmagan, yoki ma'lumotlari besh yil oldingi. Ba'zi kompaniyalarda ikki-uchta dublikat kartochka turadi va ular bir-birining pozitsiyasini yeydi. Bu — raqobatchilaringiz e'tiborsiz qoldirgan va sizga arzonga tushadigan kanal.
Yana bir tez-tez uchraydigan xato — manzil va nom har joyda har xil yozilgani. Saytda «Chilonzor tumani, 12-kvartal», profilda «Chilanzarskiy rayon, kvartal 12», katalogda yana boshqacha. Google bu yozuvlarni bitta biznesga bog'lay olmaydi va profilning nufuzi bo'linib ketadi. Buni tuzatish NAP birxilligi deb ataladi va biz ishni odatda shundan boshlaymiz.
Nimalar kiradi
Profil holatiga qarab kerakli ishlar tanlanadi — tekshiruvdan keyin aniq ro'yxat beriladi.
Nega kerak
Bu — mahalliy biznes uchun eng arzon mijoz kanali.
Mahalliy so'rovlarda Google avval uchta biznesni ko'rsatadi. Shu uchlikda bo'lish oddiy natijalardagi birinchi o'rindan ham qimmatliroq.
Foydalanuvchi saytga kirmasdan, kartochkadagi tugma orqali qo'ng'iroq qiladi yoki marshrut oladi. Yo'l qanchalik qisqa bo'lsa, ariza shuncha ko'p.
Ko'pchilik tanlovni sharhlar bahosidan boshlaydi. 4,7 ballik profil 3,9 ballikdan bir necha barobar ko'proq qo'ng'iroq oladi.
Profilning o'zi bepul. Reklamadan farqli o'laroq, bu yerda har bir ko'rinish uchun to'lov yo'q — faqat yuritish mehnati kerak.
SEO oylab kutishni talab qiladi. To'ldirilgan profil esa odatda 3–6 hafta ichida ko'rinish va qo'ng'iroq raqamlarini sezilarli oshiradi.
Profil, sayt va kataloglardagi bir xil ma'lumot Google uchun kuchli signal. Bu saytning mahalliy so'rovlardagi pozitsiyasini ham ko'taradi.
O'zbekistonda ko'p biznesning profili tashlandiq holatda. Tartibli yuritilgan profil bilan siz ularni nisbatan oson ortda qoldirasiz.
Kimlarga mos
Mijoz sizga keladigan yoki siz mijozga boradigan har qanday biznesga.
Klinika, restoran, salon, do'kon, sport zali. Mijoz sizni xaritadan topadi va marshrut oladi.
Klining, ko'chirish, ta'mirlash, evakuator. Manzilni yashirib, faqat xizmat hududini ko'rsatish mumkin.
Har bir filial uchun alohida profil kerak. Ular markazlashgan boshqarilsa, har biri o'z hududida chiqadi.
Bu sohalarda tanlov deyarli har doim sharhlarni o'qishdan boshlanadi. Profil bu yerda ishonch qurilmasi.
Sayt hali yo'q bo'lsa ham, profil birinchi mijozlarni keltira boshlaydi. Eng tez ishga tushadigan kanal.
Bir nechta yomon sharh bahoni tushirib yuborgan bo'lsa, tizimli ish bilan reyting bir necha oyda tiklanadi.
Narxlar
Sozlash — bir martalik. Yuritish — oylik abonent to'lov.
Bir martalik to'liq qurish
bir martalik
5–10 ish kuni (tasdiqlashdan tashqari)
Profili yo'q yoki tashlandiq holatda bo'lgan bizneslar uchun
Oylik ish va reyting o'sishi
oyiga, bitta filial
Oylik abonent to'lov
Xarita paketiga chiqish va sharhlar reytingini ko'tarishni xohlaydiganlar uchun
Ko'p filialli boshqaruv
oyiga, 3 tagacha filial
Oylik abonent to'lov
Filiallari bir nechta shahar yoki tumanda joylashgan tarmoqlar uchun
Profilning o'zi Google'da bepul: siz faqat uni to'g'ri qurish va muntazam yuritish ishiga to'laysiz. Ko'p filialli tarmoqlar uchun narx filiallar soniga qarab hisoblanadi. Tasdiqlash jarayonida Google ba'zan pochta orqali kod yuboradi yoki video tekshiruv so'raydi — bu 1–3 hafta qo'shimcha vaqt olishi mumkin va bizga bog'liq emas. Savollar: +998 90 954 12 62.
Jarayon
Birinchi natijalar odatda 3–6 hafta ichida ko'rinadi — bu SEO'dan ancha tezroq.
Mavjud profil, dublikatlar, NAP xatolari, sharhlar holati va raqobatchilarning xaritadagi pozitsiyasi tekshiriladi. Natija — muammolar ro'yxati.
2–3 kunProfil sizning nomingizga o'tkaziladi va tasdiqlanadi. Muddat Google'ning tekshiruv usuliga bog'liq — pochta kodi yoki video tekshiruv.
1–3 haftaNom, manzil va telefon sayt, profil, ijtimoiy tarmoq va kataloglarda bir xil yozuvga keltiriladi. Dublikatlar birlashtiriladi.
1–2 haftaKategoriyalar, xizmatlar, tavsif, ish vaqti, foto va xaritadagi nuqta. Bo'sh qolgan har bir maydon — yo'qotilgan ko'rinish.
3–5 kunQR kod, SMS shablon va xodimlar uchun ko'rsatma tayyorlanadi. Maqsad — sharhlar tasodifiy emas, muntazam kelishi.
1 haftaPostlar chiqadi, yangi foto qo'shiladi, sharhlarga javob yoziladi, savollar yopiladi. Profil tirik ekani Google uchun ham signal.
har haftaKo'rinish, qo'ng'iroq va marshrut so'rovlari solishtiriladi. Qaysi post yoki foto ko'proq harakat keltirgani ko'riladi va reja shunga moslanadi.
har oy
Namunalar
Bu saytlar profil va xarita natijalari bilan birga ishlaydigan qilib qurilgan.
Savol-javob
Xarita, sharhlar va NAP haqida aniq javoblar.
Bepul tekshiruvda profilni raqobatchilar bilan solishtiramiz, dublikat va NAP xatolarini topamiz va nima qilish kerakligini ro'yxat bilan beramiz.